02/03/2026

Farg‘ona viloyati statistia boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2026- yil 1- fevral holatiga viloyatda umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 945 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 5 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1940 tani tashkil qildi.

Hisobot davrida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 1 551,2 mlrd so‘mga yetdi. 2025- yilning mos davriga nisbatan 116,9 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 96,6 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.