Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1- fevra holatiga Dang‘ara tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 646 ani tashkil etgan bo‘lib, shundan, 1 550 tasi xozirgi kunda faoliyat ko‘rsatmoqda, 220 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilganimizda:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 93 ta
Sanoat – 325 ta
Qurilish – 76 ta
Savdo – 530 ta
Tashish va saqlash – 44 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 68 ta
Axborot va aloqa – 11 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 54
Boshqa turdagi xizmatlar – 349 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.




