Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2026- yil 1- fevral holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 4306 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 29 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 4277 tani tashkil qildi.
Viloyat bo‘yicha 2026- yilning yanvar oyida ulgurji savdo tovar aylanmasi 1 966,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025- yilning mos davriga nisbatan 11,9 % ga o‘sdi.
Shundan:
Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 1 929,2 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2025- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,7 % ga to‘g‘ri keldi va viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 98,1% ni tashkil qildi.




