10/03/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2026- yilning 1-fevral holatiga ko‘ra viloyatda 6 189 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sanoat korxonalari soni asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda yuqori ulush 1 052 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 20,9 % i) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, 771 tasi (4,8 %) kiyim ishlab chiqarishga, 522 tasi (3,3 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelmoqda.