Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida viloyatdagi yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 202,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 216,6 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 10,4 % ga ko‘payib, 23,8 % ni tashkil etdi.
Shuningdek:
kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 39,5 % i to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 105,7 % ni tashkil etgan holda 336,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.




