10/03/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda boshqarma rahbariyati hamda jamoa tashkilotlari a’zolari ishtirok etib, muassasada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni samimiy muborakbod etdilar.

Tadbir davomida ayollarning jamiyat hayotidagi muhim o‘rni, ularning fidoyiligi, mehnatsevarligi hamda statistika tizimi rivojiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, statistika sohasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar o‘z bilim va tajribasi, mas’uliyati hamda tashabbuskorligi bilan tizim rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.