Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida viloyatdan xorijiy davlatlarga 1,3 ming tonna karam eksport qilindi. Ushbu mahsulotlarning umumiy qiymati 887,2 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 498 tonnaga ko‘pdir.




