Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida hududdan xorijiy mamlakatlarga jami 1,6 ming tonna sabzi yetkazib berildi. Ushbu eksportning umumiy qiymati 296,4 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan eksport hajmi 0,2 ming tonnaga kamaygan.




