13/03/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyi holatiga Marg‘ilon shahrida 560 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ushbu korxonalar tomonidan jami 127,5 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 108,4 foizni tashkil etib, sohada barqaror o‘sish kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda.