Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida viloyatda savdo xizmatlari sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 960,8 milliard so‘mni tashkil etdi.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,4 foizni tashkil etib, ya’ni savdo xizmatlari hajmi 14,4 foizga o‘sgan. Bu esa viloyatda savdo xizmatlari sohasida ijobiy o‘sish sur’atlari kuzatilayotganini ko‘rsatadi.




