Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida Bag‘dod tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 99,3 milliard so‘mga yetdi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan taqqoslanganda 114,2 % o‘sish qayd etilgan. Bu esa tumanda xizmatlar sohasining izchil rivojlanib borayotganini ko‘rsatadi.




