Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida viloyatda kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 122,7 milliard so‘m miqdorida qayd etilgan. Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,0 % ni tashkil etdi.




