Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi Sizlarni qo‘shaloq bayramlar — muborak Ramazon Hayiti hamda bahorning eng go‘zal va dilbar Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi! Ushbu qutlug‘ kun siz va yaqinlaringizga cheksiz quvonch, baxt va ezguliklar olib kelsin.
Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy totuvlik va farovon hayot tilaymiz. Xonadoningiz doimo fayzu barakaga to‘lib, yurtmizda tinchlik va osoyishtalik hukm surishi bardavom bo‘lsin.
Yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi fidokorona mehnatingizga omad va zafarlar tilaymiz. Barcha ezgu niyatlaringiz ushalsin! Navro‘z ayyomi yana bir bor muborak bo‘lsin!




