Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida Farg‘ona shahrida 665 ta qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 176,0milliard so‘m miqdorida qayd etilgan. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda o‘sish sur’ati 126,7 % ni tashkil etgan.




