Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2026 -yil 1-fevral holatiga Dang‘ara tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1560 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 11 tani tashkil etdi.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 96 ta
Sanoatda – 331 ta
Qurilishda – 73 ta
Savdoda – 535 ta
Tashish va saqlashda – 43 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 69 ta
Axborot va aloqa – 10 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 55 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 348 taga to‘g‘ri keldi.




