25/03/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 47 840,8 mlrd so‘mni yoki 2024-yilning mos davriga nisbatan 105,5 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 28 198,4 mlrd so‘mni (109,0 %), chorvachilik mahsulotlari 19 642,5 mlrd so‘mni (100,0 %) tashkil qildi.

Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eng yuqori hajm:

- Oltiariq tumani- 4 579,7 mlrd so‘m

- Rishton tumani - 3 677,4 mlrd so‘m

- Qo‘shtepa tumani - 3 614,2 mlrd so‘m

- Farg‘ona tumani - 3 486,1 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.