25/03/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-yanvar holatiga Farg‘ona viloyatining doimiy aholisi soni 4 223,0 ming kishini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,9 foizga koʻpaygan.

2025-yil yanvar-dekabr oylarida:

- tugʻilganlar soni - 98,3 ming nafarni

- vafot etganlar - 18,7 ming nafarni tashkil etib, tabiiy oʻsish 79,6 ming kishiga teng boʻldi.

- viloyatimizga koʻchib kelganlar soni - 15 336 kishini

- viloyatimizdan koʻchib ketganlar soni - 16 569 kishini

- qayd etilgan nikohlar - 28,9 mingtani

- nikohdan ajralishlar - 4,9 mingtani tashkil etgan.