13/04/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2026- yilning yanvar-fevral oyida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 5 919,8 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025- yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 115,3 % ga yetdi.

Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 690,6 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,1 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 4 625,3 mlrd so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,2 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 603,9 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 145,7 %) tashkil etdi.