Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2026-yil yanvar-fevral oyida dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 11 168,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2025- yil mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 116,1 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 2 095,6 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.




