13/04/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma'lumotiga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 2026- yilning yanvar-fevral oyida ulgurji savdo tovar aylanmasi 5 239,8 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025- yilning mos davriga nisbatan 25,2 % ga o‘sdi. Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 5 090,7 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2025- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 127,4 % ga to‘g‘ri keldi va viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 97,2% ni tashkil qildi.