Eksport tarkibida tovarlar ulushi 91,9 % ni tashkil etib, asosiy ulush oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (24,6 %), sanoat tovarlari (35,9 %), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (18,2 %) va turli xil tayyor buyumlar (13,1 %) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlarimiz Rossiya (33,9 %), Turkiya (10,5 %), Afg‘oniston (7,7 %), Qozog‘iston (7,2 %), XXR (6,3 %), Litva (5,0 %), Qirg‘iz Respublikasi (5,3 %), Turkmaniston (4,4%), Polsha (3,7 %) va Tojikiston (2,8 %), kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 86,8 % ni tashkil etdi.




