Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2026- yilning yanvar-fevral oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 1 397,8 ming AQSH dollari qiymatidagi 1 094,9 tonna mayiz eksportini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 222,3 tonnaga kamdir.




