Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–mart oylarida viloyat sanoat sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 5 808,6 ming so‘mni tashkil etdi. Tarmoqlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sohasida 8 217,0 ming so‘m miqdorida qayd etilgan bo‘lsa, ishlab chiqarish sanoatida 5 329,4 ming so‘mni, suv ta’minoti, kanalizatsiya va chiqindilarni utilizatsiya qilish sohasida esa 5 164,1 ming so‘mni tashkil etdi.




