05/05/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi besh yil davomida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi keskin oshib, qariyb 4,3 barobarga yetdi. Ayniqsa, joriy davrda bu ko‘rsatkich yanada yuqori sur’atlarda o‘sib, o‘tgan yilga nisbatan 9,1 trln so‘mga ko‘proq investitsiya o‘zlashtirilgani qayd etilgan.

Iqtisodiyaot va ijtimoiy sohani rivojlantirishga 2026-yil yanvar-mart oylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 11,9 trln so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi va bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 190,8 % ni tashkil etdi.