Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida viloyatda chakana savdo tovar aylanmasi 10 066,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,5 % ga oshgan.
Shundan:
Yirik korxonalar hissasi — 1 181,2 mlrd so‘m
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik — 7 781,1 mlrd so‘m
Uyushmagan savdo — 1 104,7 mlrd so‘m
Ushbu raqamlar hududda tadbirkorlik faoliyati kengayib borayotgani va ichki bozor barqaror rivojlanayotganidan dalolat bermoqda.




