Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–mart oylarida Farg‘ona viloyatida tashish va saqlash sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 7 900,0 ming so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich soha doirasidagi yo‘nalishlar kesimida turlicha shakllangan.
Jumladan:
- quruqlikdagi va quvur transporti yo‘nalishida o‘rtacha ish haqi 8479,4 ming so‘m bo‘lib, eng yuqori daraja qayd etilgan.
- оmbor xo‘jaligi va yordamchi transport faoliyatida esa bu ko‘rsatkich 7 779,1 ming so‘mni tashkil etdi va umumiy o‘rtacha darajaga yaqin bo‘ldi.
- рochta va kuryerlik faoliyati sohasida esa o‘rtacha oylik ish haqi ancha past bo‘lib, 2 868,1 ming so‘mni tashkil etgan.




