Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2026- yil yanvar-mart holatiga viloyat bo‘yicha suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan jami 141,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda fizik hajmi indeksi 137,6 % ni tashkil etdi.
Shundan:
- tabiiy suv, suvga ishlov berish va suv ta‘minoti bo‘yicha xizmatlar – 90,2 mlrd so‘m
- chiqindi suvlarni olib tashlash, tashish va ularni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar – 11,7 mlrd so‘m miqdorida qayd etilgan.




