Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma'lumotiga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 2026- yilning yanvar-mart oylarida Farg‘ona viloyati jahonning 65 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi XXRda (197,1 mln AQSH dollari), Rossiyada (181,5 mln AQSH dollari), Qozog‘istonda (78,8 mln AQSH dollari), Turkiyada (29,9 mln AQSH dollari) va Qirg‘iz Respublikasida (21,5 mln AQSH dollari) qayd etilgan.




