Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 9 may — Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi buyuk g‘alabaning 81 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.
Ayniqsa, yurtimiz tinchligi va bugungi osoyishta hayot yo‘lida mardonavor kurashgan mo‘tabar faxriylarimizga chuqur hurmat va ehtirom bildiramiz. Ularning jasorati, matonati va fidoyiligi doimo xalqimiz qalbida saqlanib qoladi.
Ushbu qutlug‘ kunda barchangizga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka hamda baxt-u saodat tilaymiz.
Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz tinch va farovon bo‘lsin!




