12/05/2026



Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil yanvar- mart oylari holatiga, Rishton tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 294,2 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda o‘sish sur’ati 103,1 % ni tashkil etdi.

Shundan:
Sabzavotlar – 477,4 tonna

Meva va rezavorlar – 40,0 tonna

Go‘sht tirik vaznda – 2,4 tonna

Sog‘ib olingan sut hajmi – 16,0 ming tonna

Olingan tuxum soni – 4,5 mln dona

Yirik shoxli qoramollar – 68,7 ming bosh

Qoy va echkilar – 62,7 ming bosh

Parrandalar – 405,4 ming boshni tashkil etdi.