Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–mart oylarida Farg‘ona viloyatida ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 240,2 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning tarkibi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi oliy ta’lim sohasida 10 565,3 ming so‘mni, texnik va professional ta’lim 4 792,0 ming so‘mni, umumiy o‘rta ta’lim 4 511,2 ming so‘m, maktabgacha ta’lim sohasi 2 476,0 ming so‘mni tashkil etgan.




