13/05/2026


 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida viloyatda 3,9 mingta nikoh qayd etildi. Har ming aholiga nisbatan nikoh koeffitsiyenti 3,8 promilleni tashkil etdi.

 Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 0,1 ming birlikka oshgan.

 Shu bilan birga, joriy yilning yanvar–mart oylarida 1,4 mingta nikohdan ajralish holati qayd etilib, har ming aholiga ajralish koeffitsiyenti 1,3 promilleni tashkil etdi.

 Ajralishlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 ming birlikka ko‘paygan.