14/05/2026

2026-yilning yanvar–mart oylarida Farg‘ona viloyatida suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimlari, chiqindilarni yig‘ish hamda ularni qayta ishlash yo‘nalishlariga jami 119,0 mlrd so‘m asosiy kapital investitsiyalari yo‘naltirildi. Ushbu yo‘nalishning jami investitsiyalar hajmidagi ulushi 1,0 foizni tashkil etdi.

 Mazkur soha uchun kiritilgan investitsiyalar viloyatda ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qilmoqda.