Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida viloyatda ko‘rsatilgan shaxsiy xizmatlar hajmi 511,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,7 % ni tashkil etib, sohada barqaror o‘sish sur’atlari qayd etilganini ko‘rsatmoqda.




