14/05/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida viloyatning barcha toifadagi xo‘jaliklari tomonidan 9,9 ming tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirildi.

 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 119,1 foizni tashkil etib, sabzavot yetishtirish hajmi 19,1 foizga oshganini ko‘rsatmoqda.

 Qishloq xo‘jaligi sohasida kuzatilayotgan o‘sish sur’atlari aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda agrar sohani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.