Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 152,8 tonna meva va rezavor mahsulotlari yetishtirildi.
Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 120,2 foizni tashkil etdi.
Hududlarda bog‘dorchilikni rivojlantirish va hosildorlikni oshirish borasida olib borilayotgan ishlar meva va rezavorlar ishlab chiqarish hajmining ortishiga xizmat qilmoqda.




