Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida viloyatda qurilish yo‘nalishiga jami 796,1 mlrd so‘m asosiy kapital investitsiyalari o‘zlashtirildi.
Ushbu ko‘rsatkich viloyatda o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar hajmining 6,7 foizini tashkil etdi.
Qurilish sohasiga jalb etilgan investitsiyalar hududlarda yangi obyektlarni bunyod etish, infratuzilmani rivojlantirish hamda zamonaviy qurilish loyihalarini amalga oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.




