Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida ulgurji va chakana savdo, shuningdek motorli transport vositalari hamda motosikllarni ta’mirlash faoliyati yo‘nalishiga 625,5 mlrd so‘m miqdorida asosiy kapital investitsiyalari yo‘naltirildi.
Mazkur yo‘nalish viloyatda o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar tarkibidagi ulushi 5,3 foizni tashkil etgan. Bu esa savdo infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom etayotganidan dalolat beradi.




