Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil yanvar- mart holatiga Buvayda tumanida yetishtirilgan qishloq, o‘rmon va baliqchilik mahsulotlari hajmi 305,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda o‘sish sur’ati 102,9 % ni tashkil etdi.
Shundan:
Sabzavotlar – 135,3 tonna
Meva va rezavorlar – 25,0 tonna
Go‘sht tirik vaznda – 2,4 ming tonna
Sog‘ib olingan sut hajmi – 17,4 ming tonna
Olingan tuxum soni – 4,3 mln dona
Yirik shoxli qoramollar – 66,6 ming bosh
Qoy va echkilar – 58,6 ming bosh
Parrandalar –405,3 ming boshni tashkil etdi.




