19/05/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 3 786,7 mlrd so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 80,6 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2025- yil yanvar-mart oylariga nisbatan 124,4 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilish ishlari umumiy hajmidagi eng yuqori ulushi Quvasoy shahar (98,6 %), Furqat tumani (98,2 %) va Buvayda tumani (97,5 %) shahar va tumanlarga to‘g‘ri keldi.