Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida viloyatda yashash va ovqatlanish xizmatlari yo‘nalishiga jami 274,2 mlrd so‘m miqdorida asosiy kapital investitsiyalar yo‘naltirildi.
Mazkur ko‘rsatkich viloyatda o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar hajmining 2,3 foizini tashkil etdi.
Ushbu yo‘nalishga kiritilgan investitsiyalar hududlarda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy mehmonxona va ovqatlanish maskanlari sonini ko‘paytirishga xizmat qilmoqda.




