01/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, 32,4 mingta faol tijorat korxonalaridan 23,3 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etilgan bo‘lib, ular tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar orasida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Shundan kelib chiqib, MChJlar mamlakatimizda biznes yuritishning eng keng tarqalgan shakli degan xulosaga kelishimiz mumkin.

Bundan tashqari:

- Xususiy korxonalar – 4 884 tani

- Oilaviy korxonalar – 3 773 tani

- Aksiyadorlik jamiyati  - 40 tani
 
- Boshqalar – 351 tani tashkil qilgan.