Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Oltiariq tumanining doimiy aholisi soni 238 111 kishini tashkil etdi. Aholi sonining o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,8 foiz bo‘ldi.
Aholi tarkibida:
Erkaklar — 121 714 kishi
Ayollar — 116 397 kishi
Shahar aholisi - 177 775 kishi
Qishloq aholisi - 60 336 kishi
Yilning dastlabki uch oyida 1 244 nafar chaqaloq dunyoga keldi.
276 ta o‘lim holati qayd etildi.
Nikohlar soni — 204 ta
Nikohdan ajralishlar soni — 76 ta
Migratsiya ko‘rsatkichlariga ko‘ra, shaharga 75 kishi ko‘chib kelgan, 195 kishi esa boshqa hududlarga ko‘chib ketgan.




