Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Dang‘ara tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 405,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Moliyalashtirish manbalari tarkibida asosiy ulush xorijiy investitsiyalar va kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelib, jami investitsiyalarning 91,0 foizini tashkil etdi. Bu esa tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarida tashqi sarmoyalar muhim ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi.
Investitsiyalarning qolgan qismi quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:
Aholi mablag‘lari — 6,4 %
Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari -1,4 %
Korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 0,8 %
Respublika budjeti mablag‘lari — 0,4 %




