E’LON! Bo‘sh ish o‘rni
Lavozim: Bo‘lim boshlig‘i
Tashkilot: Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi Demografiya, mehnat va gender statistikasi bo‘limi
- Маqsadlar: Demografik statistika ma’lumotlarining sifati va ishonchliligini oshirish. Aholi soni, tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajralish ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarning to‘liqligi va aniqligini ta’minlash. Ma’lumotlar sifatini nazorat qilish va verifikatsiya jarayonlarini takomillashtirish. Statistik ma’lumotlardagi nomuvofiqliklarni o‘tgan yilga nisbatan kamaytirish. Mehnat statistikasi ko‘rsatkichlarini takomillashtirish Bandlik, ishsizlik, iqtisodiy faollik va mehnat bozori ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik kuzatuvlarni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish. Mehnat bozori holatini baholash bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash. Gender statistikasi rivojlanishini ta’minlash.
Vazifalari va majburiyatlari: lavozim yo‘riqnomasidagi talablarni va majburiyatlarini bajarish hamda odob-ahloq qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish.
Malaka talabi:
- Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumot, iqtisodiyot sohasida 3 yildan yoki statistika tizimida
2 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim;
- tegishli sohada boshqaruv lavozimidagi ish tajribaga ega bo‘lish;
- Davlat tilini mukammal bilgan, rus va ingliz tillarini yuqori darajada egallagan hamda IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan(kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi;
- Kompyuter savodxonligi bo‘yicha -Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini mukammal bilishi;
- Halollik,mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondoshish;
- Muammolar yechimi bo‘yicha tezkor fikrlash va o‘z takliflarini taqdim qila olish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qila olishi;
- Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lishi va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora -tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olish.
Sharoitlar:
- raqobatbardosh ish haqi va Jamoa shartnomasida keltirilgan ijtimoiy paket;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq to‘liq bandlik;
- o‘z malakasini oshirish va xorijiy tillarni o‘rganishga imkoniyat;
- ishda AKT vositalari bilan to‘liq ta’minlanganlik.
Nomzodlarning rezyumesi quyidagi elektron pochta manzillariga yuborilishi mumkin:This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Murojaat uchun tel: 90-163-31-25




