Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida Farg‘ona viloyati bugungi kunda dunyoning 71 ta mamlakati bilan faol savdo-iqtisodiy aloqalarni amalga oshirmoqda. Bu esa viloyatning xalqaro bozorlardagi o‘rni mustahkamlanib, eksport salohiyati izchil oshib borayotganidan dalolat beradi.
Tashqi savdo aylanmasida eng katta ulush quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda:
Xitoy Xalq Respublikasi — 32,3 %
Rossiya Federatsiyasi — 29,4 %
Qozog‘iston — 12,2 %
Turkiya — 5,1 %
Qirg‘iz Respublikasi — 4,1 %




