04/06/2026

 Viloyatda tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 245,5 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,7 foizga ko‘paygan.

 Eksport tarkibida tovarlar yetakchi o‘rinni egallab, ularning ulushi 90,1 foizni tashkil etdi. Tovarlar eksportida sanoat mahsulotlari (41,7 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (22,1 %), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (13,9 %), shuningdek, turli xil tayyor buyumlar (12,4 %) asosiy ulushga ega bo‘ldi.

 Xizmatlar eksporti hajmi esa 5,3 mln AQSH dollariga yetib, jami eksportning 2,6 foizini tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning yanvar–aprel oylariga nisbatan 11,6 foizga oshgan. Xizmatlar eksportida transport xizmatlari (34,5 %), kompyuter va axborot xizmatlari (32,9 %), safarlar (turizm) (22,2 %) hamda moliyaviy xizmatlar (10,3 %) yetakchi o‘rinlarni egalladi.