Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra,2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxona va tashkilotlarning eng katta ulushi savdo sohasiga to‘g‘ri kelib, jami korxonalarning 33,4 foizini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich tadbirkorlik subyektlarida 39,9 foiz, kichik biznes subyektlarida esa 40,1 foizni qayd etdi.
Sanoat sohasi 16,3 foiz ulush bilan ikkinchi, 🏗 qurilish sohasi esa 6,0 foiz ulush bilan uchinchi o‘rinda qayd etildi.
Mazkur uch yo‘nalish birgalikda korxona va tashkilotlarning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etib, hudud iqtisodiyotida muhim o‘rin tutmoqda.




