04/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekiston tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 346,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

 Moliyalashtirish manbalari tarkibida asosiy ulush xorijiy investitsiyalar va kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelib, jami investitsiyalarning 84,8 foizini tashkil etdi. Bu esa tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarida tashqi sarmoyalar muhim ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi.

 Investitsiyalarning qolgan qismi quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:

 Aholi mablag‘lari — 8,9 %

 Korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 3,5 %

Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari —1,9 %

 Respublika budjeti mablag‘lari — 0,9 %