Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-may holatiga viloyatda chakana savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 7 401 tani tashkil etdi. Ularning 135 tasi yirik korxonalar, 7 266 tasi esa kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
2026-yilning yanvar–aprel oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 13 788,6 mlrd so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21,7 foizga oshdi.
Savdo aylanmasining asosiy qismi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan shakllantirildi. Ushbu toifadagi subyektlarning tovar aylanmasi 10 552,6 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 125,8 foizga yetdi.
Yirik korxonalar tomonidan amalga oshirilgan chakana savdo hajmi 1 755,8 mlrd so‘m bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 127,3 foizni tashkil etdi.




